locale OZ

Gvardiola “Siti”dagi jarohatlar haqida: “Bu falokat, bizda butun mavsum uchun tarkib yo'q”

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Gvardiola “Siti”dagi jarohatlar haqida: “Bu falokat, bizda butun mavsum uchun tarkib yo'q”
FOTO: Getty Images

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “shaharliklar”ning jarohat olgan futbolchilari haqidagi savolga javob berdi.

“Afsuski, futbolchilar hali ham jarohat olishmoqda. Bu butun mavsum davomida sodir bo'lyapti. Biz bu holatga moslashishga harakat qilyapmiz. Ko'rib turibsizki, bizdagi vaziyat halokatli, ammo bundan ham battarroq bo'lishi mumkin.

Butun mavsum davomida bizda to'liq tarkib yo'q. Uchta markaziy himoyachi safdan chiqdi va eng yaxshi hujumchimiz oxirgi bir yoki ikkita o'yingacha bizga yordam bera olmaydi”, - deydi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, hozirda “Manchester Siti”da yarim himoyachi Rodri, hujumchi Erling Holand va himoyachilar Natan Ake, Jon Stounz va Manuel Akanji jarohat olgan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting