locale OZ

Gvardiola: “Sautgempton” himoyaga ko‘proq e’tibor qaratib, vaqtni behuda o‘tkazishdi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola: “Sautgempton” himoyaga ko‘proq e’tibor qaratib, vaqtni behuda o‘tkazishdi”
Photo: Getty Images

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Sautgempton”ga (0:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Qiyin o‘yin bo‘ldi, bizda imkoniyatlar ko‘p edi, afsuski, ulardan foydalana olmadik. “Sautgempton” faqat himoyada o‘ynadi, vaqtni behuda sarfladi. Buni bahona sifatida qaramasligimiz kerak, chunki hammasi o‘z qo‘limizda edi, foydalana olmadik.

O‘z navbatida biz ham himoyada ishonchli o‘ynadik, ammo hujumda so‘nggi qadam yetishmadi. Erling Holandning bunchalik ko‘p o‘ynashini kutmagandim. Bu juda muhim nuqta edi, ammo ochko yo‘qotdik”, - deydi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” turnir jadvalida 3-pog‘onani egallab turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting