Gvardiola: «O‘tgan mavsumga qaraganda bu safar yaxshiroq o‘ynashimizga ishonaman»
Gvardiola "Aston Villa"ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
ФОТО: Getty images
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning 9-turidan o‘rin olgan "Aston Villa"ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
“Raqib ancha jiddiy. Ammo bu safar "Aston Villa"ga qarshi o‘tgan mavsumdagidan yaxshiroq o‘ynashimizga ishonaman. Chunki ancha o‘zgarganmiz. O‘z darajamizga qaytib boryapmiz.
Biz yutishimiz, yutqazishimiz mumkin, ammo muvaffaqiyatga erishish uchun bizda hamma narsa bor", - dedi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, Birmingemdagi o‘yin bugun soat 19:00da start oladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist