locale OZ

Gvardiola mag'lubiyatdan keyin: jamoa yaxshi holatda

«Manchester Siti» klublar o'rtasidagi jahon chempionatini 1/8 finalda tark etdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

«Manchester Siti» klublar o'rtasidagi jahon chempionatining 1/8 finalida «Al-Hilol» jamoasiga qo'shimcha vaqtda 3:4 hisobida mag'lub bo'ldi va musobaqa bilan xayrlashdi.

Uchrashuv yakunlarini sharhlagan «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shunday dedi:

«Pley-off bosqichidagi o'yinlar doim og'ir kechadi. Raqibga qarshi hujumlarda yaxshi harakat qilish imkonini berdik, lekin o'zimiz ham ko'plab vaziyatlar yaratdik.

Yaxshi o'yin ko'rsatdik, hujumlarda faol bo'ldik, ammo Bunu ajoyib seyvlari bilan jamoasini qutqardi. Aslida aytadigan gap kam — biz bor kuchimiz bilan harakat qildik. Menimcha, jamoa yaxshi holatda, g'alaba bo'lmasa-da, uyga yuzi yorug' qaytayapmiz».

Bu mag'lubiyat Gvardiolaning Klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi ilk yutqizishi bo'ldi — u bugungacha musobaqada 11 o'yinni ketma-ket yutib kelayotgan edi.

Endi «Al-Hilol» chorak finalda Braziliyaning «Fluminense» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting