Gvardiola faoliyatini qachon yakunlashi haqida gapirdi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola faoliyatidan qachon tanaffus olishi haqida fikr bildirdi.
«Bunday narsalar haqida, ehtimol, faqat 2035 yilda o'ylarman. Bir ish bilan uzoq vaqt shug'ullanganing sari, hammasi asta-sekin o'zgaradi. Bu tabiiy jarayon — buni klub ham, futbolchilar ham, murabbiy ham his qiladi.
Hozir biz avvalgi «Siti» emasmiz. Bunga sabablar koʻp. Klub rahbariyati bilan munosabatlarim mustahkam, lekin jamoani tark etganlar ham koʻp — hatto murabbiylar shtabimdagi ayrimlar ham.
Har kimning oʻz maqsadi va qarashi bor. Ammo hozir men shu yerda, sizlarning oldingizdaman — bu eng muhimi. Qolganini vaqt ko'rsatadi», — dedi Gvardiola.
Eslatib oʻtamiz, ispaniyalik mutaxassis 2016 yildan buyon «Manchester Siti»ni boshqarib kelmoqda.