Gvardiola: «Biz bor kuchimizni ishga soldik, biroq natija chiqara olmadik»
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Premyer-ligasining 12-turidan o‘rin olgan «Nyukasl Yunayted»ga qarshi uchrashuvdan (1:2) keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
«Biz bor kuchimizni berdik. Oxirgi ikki oy ichida ko‘rsatib kelgan o‘sishimizni davom ettirmoqchi edik, ammo terma jamoalar o‘yinlaridan keyin bunday natijaga erishish oson emas. Oldinda hali uzun yo‘l bor.
O‘yin juda keskin kechdi, ikkala jamoada ham imkoniyatlar bo‘ldi. Jidjo [Donnarumma] ajoyib o‘ynadi. Biz o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik va ikkinchi bo‘limda gol o‘tkazib yubordik. Har ikkala jamoada ko‘p vaziyatlar bo‘ldi, lekin biz natija chiqarolmadik», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi klubning rasmiy sayti.
Maʼlumot uchun, APLning 12-turidan soʻng «Manchester Siti» 22 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. «Nyukasl Yunayted» esa 15 ochko bilan 14-pog‘onani egallab turibdi.