locale OZ

Gvardiola Bernardu Silvaning «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi

Portugalialik yarim himoyachi to‘qqiz yil davomida «Manchester Siti»da Gvardiola qo‘l ostida o‘ynadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola Bernardu Silvaning «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi
ФОТО: Getty images

«Manchester Siti»ning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Bernardu Silvaning «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Avvalroq OAVda 31 yoshli futbolchiga ko‘k-anorranglilar va Madridning «Atletiko» klubi da’vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Bernardu har qanday jamoaga moslasha oladi. U shunchaki o‘ta yaxshi», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Portugalialik yarim himoyachi to‘qqiz yil davomida «Manchester Siti»da Gvardiola qo‘l ostida o‘ynadi. Ularning ikkala­si ham mavsum yakunida ingliz klubini tark etishdi. Silva «shaharliklar» safida 460 ta o‘yinda maydonga tushib, 76 ta gol va 77 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting