locale OZ

Gvardiola «Barselona»ga prezident sifatida qaytish ehtimoli haqida gapirdi

Ispaniyalik mutaxassis 2008 yildan 2012 yilga qadar kataloniyaliklar bosh murabbiyi sifatida ishlagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola «Barselona»ga prezident sifatida qaytish ehtimoli haqida gapirdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Barselona»ga klub prezidenti sifatida qaytishi mumkinligi haqidagi savolga o‘z munosabatini bildirdi. Katalon klubiga chuqur bog‘langan mutaxassis bu boradagi fikrlarini ochiq aytdi.

«Barsa» noyob klub, chunki unda har bir insonning o‘z fikri bor. Klub ichidagi odamlar hamisha atrofdagi shov-shuvlarga e’tibor qaratishi kerak. Shu sababli bu dunyodagi eng katta va eng o‘ziga xos klub — hamma uni boshqarmoqchi bo‘ladi.

Men «Barselona»dan yuz o‘girmayman — biz har doim o‘zimiz boshlab bergan joyni eslaymiz. Ammo galstuk taqib, prezidentlar lojiyasida o‘tirish? Yo‘q, men o‘zimni u yerda tasavvur qila olmayman», — deya Gvardiolaning so‘zlarini RAC1.

Gvardiola «Barselona» bilan boy tarixga ega. U 1990–2001 yillarda klub safida futbolchi sifatida o‘ynagan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, 2008–2012 yillarda birinchi jamoani bosh murabbiy sifatida boshqargan va katta muvaffaqiyatlarga erishgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting