Gvardiola: «Abduqodir Husanov «Suonsi»ga qarshi oʻyinda maydonga tushadi»
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasining jarohat olgan futbolchilari holati haqida gapirdi. «Shaharliklar» 29 oktyabr kuni Liga kubogi 1/8 finalida «Suonsi Siti»ga qarshi maydonga tushadi.
«Mashg‘ulotlarga koʻp vaqt ajratayotgan yigitlar oʻzlarini menga, oʻzlariga va jamoaga toʻliq tiklangani hamda zarur darajadagi tayyorgarlikka ega ekanini koʻrsatishlari kerak.
Abduqodir Husanov ertangi oʻyinda bir necha daqiqa maydonga tushadi, ammo Rodri hali tayyor emas. U ikki marta mushak jarohati olgan, shu sababli bu hafta uning ahvoli qanday boʻlishini kuzatamiz.
Holandni hali koʻrganim yoʻq, lekin u faqat toʻqnashuv oqibatida ogʻriq sezgan edi, kundan-kunga ahvoli yaxshilanmoqda. Bugun tushdan keyin mashgʻulot oʻtkazamiz va uning oʻzini qanday his qilayotganini koʻramiz», — dedi Gvardiola.
Eslatib oʻtamiz, Liga kubogining amaldagi gʻolibi — oʻtgan mavsum finalida «Liverpul»ni 2:1 hisobida magʻlub etgan «Nyukasl» hisoblanadi.