locale OZ

Angliya Liga Kubogi. Husanov asosiy tarkibda maydonga tushgan bahsda «Man Siti» irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi

Oʻzbekistonlik himoyachi 63 daqiqada harakat qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya Liga Kubogi. Husanov asosiy tarkibda maydonga tushgan bahsda «Man Siti» irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi
FOTO: Getty Images
Angliya Liga kubogi
29.10.2025, Yak.
Suonsi
1
Manchester Siti
3

Angliya Liga Kubogi 1/8 finalidan oʻrin olgan bahsda «Manchester Siti» safarda «Suonsi» mehmoni boʻldi va 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Dastlab hisob 12-daqiqada Gonsalo Franko tomonidan ochildi. 39-daqiqada Jeremi Doku muvozanatni tikladi.

77-daqiqada Omar Marmush «shaharliklar»ni hisobda oldinga olib chiqqan boʻlsa, 90+3-daqiqada Rayan Sherki uchrashuvga mantiqiy nuqta qoʻydi.

Jarohatidan sogʻayib qaytgan oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov esa asosiy tarkibda maydonga tushib, 63 daqiqa harakat qildi.

Angliya Liga Kubogi. 1/8 final

«Suonsi» — «Man Siti» 1:3

Gollar: Franko (12) — Doku (39), Marmush (77), Sherki (90+3).

Suonsi — Fisher, Key, Keysi, Burjess, Semuels-Smit (Kallen, 83), Taymon, Inussa (Ronald, 60), Franku (Fulton, 69), Gelbrayt, Videll (Benson, 69), Ayda (Vipotnik, 60).

Manchester Siti — Trafford, Lyuis, Husanov (Fillips, 63), Ake, Ait-Nuri (Gvardiol, 63), Niko, Mukasa (Foden, 63), Bob, Sherki, Marmush, Doku.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting