locale OZ

Gvardiol \"Manchester Siti\"ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiol "Manchester Siti"ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Photo: Getty Images

"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda "shaharliklar" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 23 yoshli xorvatiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 2 ta assist muallifiga aylandi.

Gvardiolning "Manchester Siti" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha imzolangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 75 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting