locale OZ

Gvardiol faoliyatini «Real»da davom ettirishi mumkin

24 yoshli himoyachining «shaharliklar» bilan shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiol faoliyatini «Real»da davom ettirishi mumkin
ФОТО: Getty images

Xorvatiyalik himoyachi Yoshko Gvardiol «Manchester Siti»ni tark etib, faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, futbolchini Madridning «Real» jamoasi o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. «Qirolicha klubi»ga qaytayotgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino Gvardiolni jamoada ko‘rishni istamoqda.

24 yoshli himoyachining «shaharliklar» bilan shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Uning transfer narxi 70 million yevro deb baholanmoqda.

Ushbu mavsum Yoshko APLda 17 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta assist qayd etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting