locale OZ

Guler: «Agar Alonso bir kun menga darvozabon sifatida o'ynashimni aytsa, darhol qo'lqop sotib olaman»

«Real» hujumchisi jamoa bosh murabbiyi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Guler: «Agar Alonso bir kun menga darvozabon sifatida o'ynashimni aytsa, darhol qo'lqop sotib olaman»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Arda Guler jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso haqida fikrlari bilan oʻrtoqlashdi va u murabbiy topshirgan har qanday vazifani bajarishga tayyor ekanini taʼkidladi.

«Men Xabi Alonsoning rejalariga toʻliq ishonaman. Agar u bir kun menga darvozabon sifatida o'ynashimni aytsa, darhol qo'lqop sotib olaman», — dedi Guler.

Maʼlumot uchun, Guler joriy mavsum barcha turnirlarda 10 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting