locale OZ

Guardiola: \"Zaxirada ko'pchilik o'tirishini xohlamayman, tarkibni qisqartiramiz\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Guardiola: "Zaxirada ko'pchilik o'tirishini xohlamayman, tarkibni qisqartiramiz"
Photo: Getty Images

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Guardiola klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng tarkibdagi bir necha futbolchilarni ijaraga berish va ular bilan xayrlashish mumkinligini ta'kidlab o'tdi.

"Men hozirgi futbolchilarimizning butun mavsum davomida jamoada qolishini juda xohlar edim. Menda ularga nisbatan hech qanday e'tiroz yo'q.

Umuman olganda, jamoada futbolchilarning o'zini tutishi va mashg'ulotlardagi mehnatlari menga yoqadi. Biroq menga zaxirada 6-7 futbolchi kerak emas.

Agar tarkibda ko'pchilik qolsa, ular mavsum davomida o'zini baxtsiz his qiladi, tushkunlikka tushadi, hafa bo'ladi — men esa bunday holatni istamayman.

Rostdan ham bizda katta tarkib bor, futbolchilar soni ko'p. Shu sabab, bu mavsumda 26 yoki 27 nafar o'yinchi bilan ishlash mumkin emas. Bir qancha futbolchilar jamoani tark etadi", — deya Guardiolaning so'zlarini keltiradi ESPN.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting