locale OZ

Grinvud faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin

Ispan grandi skautlari 24 yoshli hujumchini diqqat bilan kuzatmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Grinvud faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Barselona» Fransiyaning «Marsel» klubi hujumchisi Meyson Grinvud bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyalik skautlar Fransiya chempionatining 8-turida «Gavr»ga (6:2) qarshi o‘yinda angliyalik futbolchining o‘yinini kuzatgan — aynan o‘sha bahsda Grinvud poker qayd etgan.

Ma’lum qilinishicha, «Barselona» vakillari 24 yoshli hujumchining o‘yinidan hayratda qolishgan. Shuningdek, klub Grinvudga hali 2023 yilda, u «Manchester Yunayted»dan «Xetafe»ga ijaraga o‘tganda ham qiziqish bildirgan edi.

Joriy mavsumda Grinvud barcha turnirlar doirasida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining «Marsel» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting