locale OZ

Gonsalo Garsiya yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin

Yevropaning uch klubi hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga da’vogarlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gonsalo Garsiya yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin
photo: gettyimages

Madridning «Real» klubi forvardi Gonsalo Garsiya yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda El Debate nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bir yo‘la bir nechta klub hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga da’vogarlik qilmoqda. Gap Dortmundning «Borussiya», «Real Sosedad» va «Komo» klublari haqida bormoqda. Ehtimoliy transfer summasi taxminan 30 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Ispaniya chempionatining yakunlangan mavsumida Garsiya «qirollik klubi» safinda 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Gonsalo o‘z hisobiga 6 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. 22 yoshli futbolchining «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting