locale OZ

Gonsalo Garsiya faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Ispaniyalik hujumchi koʻproq oʻyin amaliyotiga ega boʻlishni istamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gonsalo Garsiya faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Brayton» va yana bir nechta APL klublari qishda «Real Madrid» hujumchisi Gonsalo Garsiyani ijaraga olish bo‘yicha kurashga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, yozgi transfer oynasida 21 yoshli forvardga «Lids» va «Sanderlend» jiddiy qiziqish bildirgan. Garsiya esa muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun ijaraga o‘tish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.

Joriy mavsumda ispaniyalik hujumchi «Real» tarkibida barcha turnirlar doirasida 9 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali maʼlumotiga ko‘ra, futbolchining bozor bahosi 15 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting