Globe Soccer Awards. \"Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi\" sovrini \"An-Nasr\" futbolchisi Krishtianu Ronalduga nasib etdi
Dubayda Globe Soccer Awards mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
photo: gettyimages
Dubayda Globe Soccer Awards mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
"Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi" sovrini "An-Nasr" futbolchisi Krishtianu Ronalduga nasib etdi.
Shuningdek, Karim Benzema ("Al-Ittihod"), Salem Al-Dosari ("Al-Hilol"), Riyod Mahrez ("Al-Ahli") sovringa da’vogarlik qildi.
"PSJ" yilning eng yaxshi klubi bo‘ldi.
O‘tgan mavsumda parijliklar 6 ta sovrinni qo‘lga kiritdi: Chempionlar ligasi, chempionat, Fransiya kubogi va Superkubogi, shuningdek, Chempionlar ligasi, Yevropa Superkubogi va Qit’alararo kubok.
Shuningdek, yilning eng yaxshi klubi sovrini uchun "Barselona", "Chelsi", "Flamengo" va "Liverpul" klublari da’vogarlik qilgan.