locale OZ

Globe Soccer Awards. Lamin Yamal Diyego Maradona nomidagi sovrinni qo‘lga kiritdi

18 yoshli Yamal avvalroq "Yilning eng yaxshi hujumchisi" nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan edi.`
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Globe Soccer Awards. Lamin Yamal Diyego Maradona nomidagi sovrinni qo‘lga kiritdi
photo: gettyimages

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal "Globe Soccer Awards" mukofoti doirasida Diyego Maradona nomidagi sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu mukofot o‘zini eng yorqin ko‘rsatgan o‘yinchiga beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli Yamal avvalroq "Yilning eng yaxshi hujumchisi" nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan edi. Bundan tashqari, Lamin Ispaniya La Ligasida yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi.

Aytish joizki, 2025 yilda Lamin Yamal "Oltin to‘p" uchun jiddiy kurash olib bordi. Ushbu nufuzli mukofot uchun ovoz berishda Yamal Usmon Dembeledan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting