locale OZ

Germaniyalik darvozabon Noyer Chempionlar Ligasidagi «Inter»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Germaniyalik darvozabon Noyer Chempionlar Ligasidagi «Inter»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligi mumkin
Germaniyalik darvozabon Noyer Chempionlar Ligasidagi «Inter»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligi mumkin

Myunxenning «Bavariya» jamoasi darvozaboni Manuel Noyer Chempionlar Ligasida «Inter»ga qarshi bo‘ladigan muhim uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda SkySports jurnalisti Florian Plettenberg xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, 39 yoshli nemis darvozaboni mushak to‘qimasidagi jarohati sababli hali ham individual tarzda mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Shuningdek, u Germaniya chempionatining navbatdagi «Xaydenxaym»ga qarshi bahsini ham o‘tkazib yuboradi. Ushbu mavsumda Noyer barcha musobaqalarda jami 33 uchrashuvda ishtirok etdi, 26 ta gol o‘tkazib yubordi va 18 marta darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

«Inter» hamda «Bavariya» jamoalari o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi 1/4 final javob uchrashuvi 16 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting