locale OZ

Gehining «Real»ga o'tmasligi sababi ma'lum bo'ldi

Himoyachi barcha musobaqalar doirasida jami 18 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va uchta golli uzatma qayd etgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gehining «Real»ga o'tmasligi sababi ma'lum bo'ldi
ФОТО: Getty images

“Kristal Pelas” himoyachisi Mark Gehi Madridning “Real” jamoasiga o‘tmaydi. Bu haqda This is Anfield nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, futbolchi faoliyatini “Liverpul”da davom ettirish istagini bildirgan.

Shuningdek, himoyachi mersisaydliklar rahbariyatiga 2026 yil yozida erkin agent sifatida “Liverpul” safiga o‘tmoqchi ekanligini ma'lum qilgan. “Kristal Pelas” bilan Gehining amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar amal qiladi va futbolchi jamoa bilan yangi kelishuv imzolamaydi.

Joriy mavsum 25 yoshli himoyachi barcha musobaqalar doirasida jami 18 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va uchta golli uzatma qayd etgan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting