locale OZ

Garnacho «Manchester United» rahbariyatiga shart qo‘ydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Garnacho «Manchester United» rahbariyatiga shart qo‘ydi
Photo: Getty Images

“Manchester United” futbolchisi, 21 yoshli argentinalik vinger Alejandro Garnacho klub rahbariyatidan “Chelsea”ning taklifini qabul qilishni talab qilmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Garnacho "qizil iblislar" rahbariyatiga shart qo‘yib, agar uni “Chelsea”ga transfer qilishni istashmasa, 6–12 oy davomida zaxirada o‘tirishga tayyor ekanini bildirgan.

Alejandro Garnacho o‘tgan mavsum barcha turnirlar doirasidagi 58 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 ta gol va 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning “Manchester United” bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 45 million yevroga baholagan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting