locale OZ

«Galatasaroy» futbolchisi Istanbulda bir qiz tufayli kaltaklandi

Voqea 12 may oqshomida sodir boʻlgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Galatasaroy” futbolchisi Istanbulda bir qiz tufayli kaltaklandi
FOTO: Getty Images

«Galatasaroy» klubi yarimhimoyachisi Lukas Torreyra Istanbuldagi savdo markazlarida birida kaltaklandi. Bu haqda Abaher nashri xabar bermoqda.

Voqea 12 may oqshomida sodir bo‘lgan. Savdo markazida 32 yoshli erkak futbolchiga yaqinlashib, uning yuziga zarba bergan. Vaziyatga futbolchining haydovchisi aralashib, mojaroning yanada avj olishining oldini olish maqsadida hujumchiga qarshilik ko‘rsatgan. Shundan so‘ng, gumonlanuvchi taksida voqea joyidan qochishga urinib ko‘rdi, biroq politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Gumonlanuvchi so‘roq paytida futbolchini ijtimoiy tarmoqlardagi postlari orqali topganini va hujumga Torreyraning uning qallig‘iga bo‘lgan qiziqishi sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Torreyra esa politsiya mahkamasida bu qiz uning sevgilisi ekanligini, sud avvalroq ushbu shaxsga qizga 45 kun davomida yaqinlashishni taqiqlab qo‘yganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Torreyra 2022 yilda Londonning «Arsenal» klubidan «Galatasaroy»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting