«Galatasaray» Kamavinga uchun da’vogar
Turkiyaning "Galatasaray" klubi Madridning "Real" jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda insayder Yagiz Sabuncuog‘lu X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, istanbulliklar hozircha rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q, faqat futbolchining shartlari bo‘yicha ma’lumot to‘plash bilan cheklanmoqda.
Avvalroq Kamavinga 2026 yilgi Jahon chempionati uchun Fransiya terma jamoasi ro‘yxatiga kiritilmagach, "Real"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shuningdek, fransuz yarim himoyachisiga Dortmundning "Borussiya" klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, madridliklarning ehtimoliy yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Kamavingaga katta umid bog‘lamayapti.