locale OZ

Gabriel: «Yana penalti tepishga tayyorman»

«Arsenal» klubi markaziy himoyachisi o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ga qarshi o‘yinda tepgan penaltisi haqidagi savolga javob berdi.
Gabriel: «Yana penalti tepishga tayyorman»
photo: gettyimages
Chempionlar ligasi
13.10.2026, 15.00
Arsenal
-
Lille
-

Gabriel: «Yana penalti tepishga tayyorman»

Londonning «Arsenal» klubi markaziy himoyachisi Gabriel o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ga qarshi o‘yinda tepgan penaltisi haqidagi savolga javob berdi.

«To‘pchilar» penaltilar seriyasida 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Eberechi Eze va Gabriel o‘z zarbalarini golga aylantira olmagan edi.

«O‘tgan mavsumda Chempionlar ligasida haqiqatan ham ajoyib ishtirok etdik, ammo finalda har qanday holat yuz berishi mumkin. Keyingi safar zarurat tug‘ilsa, penalti tepishga tayyor bo‘laman.

O‘sha omadsizlikdan keyin jamoadoshlarim menga juda katta yordam berishdi. Albatta, qattiq xafa bo‘lgandim, ammo bu voqeadan saboq chiqardim va yana bemalol penalti tepa olaman», — dedi braziliyalik futbolchi matbuot anjumanida.

Seshanba kuni «Arsenal» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turi doirasida o‘z maydonida «Lill»ni qabul qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting