Gabriel Magalyaesh Braziliya milliy jamoasi safida jarohat oldi
28 yoshli futbolchi Tunisga qarshi oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazib yuboradi.
FOTO: Getty Images
«Arsenal» markaziy himoyachisi Gabriel Magalyaesh Braziliya milliy jamoasi safida jarohat oldi.
Braziliya Futbol Konfederatsiyasining rasmiy bayonotiga ko‘ra, 28 yoshli futbolchida tibbiy ko‘rikdan so‘ng o‘ng son mushagida shikastlanish aniqlangan. Shu sababli u Tunisga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
Qayd etilishicha, Gabriel yaqinlashib kelayotgan «Arsenal» — «Tottenhem» o‘yinini (23 noyabr) ham o'tkazib yuborishi mumkin.
Maʼlumot uchun, joriy mavsumda Magalyaesh barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist