Gabriel Jezus Londonning «Arsenal» klubidan «Barselona» safiga ko‘chib o‘tdi
Bu haqda kataloniyaliklar matbuot xizmati rasman xabar berdi.
photo: Barcelona FC
Braziliyalik forvard Gabriel Jezus Londonning «Arsenal» klubidan «Barselona» safiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda kataloniyaliklar matbuot xizmati rasman xabar berdi.
29 yoshli hujumchi «ko‘k-anorranglilar» bilan 2029 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan bitimga imzo chekkan. Avvalroq Jezusning transferi 10 mln yevro va mukofot pullari evaziga amalga oshishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Jezus «Arsenal» safida 2022 yildan buyon to‘p tepib kelayotgandi. Londonliklar safida forvard 123 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 22 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Jezus «Barselona» safida 6 sentyabr kuni La Liga 4-turi doirasidagi «Valensiya»ga qarshi safar bellashuvida debyut qilishi mumkin.
Ibrohim Jalolov
Redaktor