\"Fulhem\" va \"Beshiktosh\" Taremi uchun kurashmoqda
Photo: Getty Images
"Inter" hujumchisi Mehdi Taremi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda insayder Ekrem Konur.
Manbaga ko‘ra, eronlik 32 yoshli forvardga "Fulhem" va "Beshiktosh" jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, har ikki klub allaqachon Taremining transferi borasida muzokaralarni boshlagan. "Neradzurrilar" rahbariyati o‘tgan mavsumdagi natijalardan qoniqmagani sabab, Taremiga chiqish eshiklarini ko‘rsatmoqda.
2024/25 yilgi mavsumda Mehdi A Seriyada 26 uchrashuvda maydonga tushib, atigi 1 gol va 2 assist qayd etdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor