locale OZ

Fransiya va Norvegiya bahsi kuchli chaqmoq va momaqaldiroq tufayli qoldirilishi mumkin

O‘yin Foksboro shahridagi "Jillett" stadionida bo‘lib o‘tishi kerak.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fransiya va Norvegiya bahsi kuchli chaqmoq va momaqaldiroq tufayli qoldirilishi mumkin
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
26.06.2026, Yak.
Norvegiya
1
Fransiya
4

Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Fransiya va Norvegiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv (26 iyun) kuchli chaqmoq va momaqaldiroq tufayli qoldirilish xavfi ostida turibdi. O‘yin Foksboro shahridagi "Jillett" stadionida bo‘lib o‘tishi kerak.

Le Parisen xabariga ko‘ra, AQSH meteorologiya xizmati shu juma kuni uchrashuv o‘tkaziladigan hududda "potensial xavfli chaqmoq va momaqaldiroq" to‘lqini yaqinlashayotganidan ogohlantirgan. Amaldagi protokolga ko‘ra, o‘yin to‘xtatilishi yoki qoldirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Fransiya va Iroq terma jamoalari o‘rtasida Filadelfiyada bo‘lib o‘tgan uchrashuv ham noqulay ob-havo tufayli bir necha soatga kechiktirilgan edi. JCH-2026 bahslari 11 iyun kuni boshlangan bo‘lib, 19 iyulga qadar davom etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting