locale OZ

Xoland: «Ehtimol, Fransiya JChda g’olib chiqadi»

Norvegiya terma jamoasi ikki turdan so‘ng 6 ochko to‘plab, pley-off bosqichiga chiqishni kafolatladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xoland: «Ehtimol, Fransiya JChda g’olib chiqadi»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
26.06.2026, Yak.
Norvegiya
1
Fransiya
4

Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland JCH–2026 guruh bosqichi 3-turida Fransiyaga qarshi bo‘ladigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.

«Rostini aytsam, hozir bu o‘yin meni unchalik qiziqtirmayapti! Biz keyingi bosqichga chiqdik — oldinga o‘tishga muvaffaq bo‘ldik va bu ajoyib natija.

Shuning uchun bu o‘yin men uchun u qadar ahamiyatli emas. Ehtimol, ular bizni mag‘lub etadi va, ehtimol, butun turnirda ham g‘olib chiqishadi», — dedi Xoland Actu Foot orqali.

Norvegiya terma jamoasi ikki turdan so‘ng 6 ochko to‘plab, pley-off bosqichiga chiqishni kafolatladi va I guruhda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rinda ham 6 ochko jamg‘argan Fransiya joylashgan. 26 iyun kuni Fransiya va Norvegiya o‘zaro bahs olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting