locale OZ

Fransiya kichik hisobdagi g‘alaba bilan 1/4 finalga chiqdi

Fransiya ketma-ket to‘rtinchi bor Jahon chempionati chorak finaliga chiqdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fransiya kichik hisobdagi g‘alaba bilan 1/4 finalga chiqdi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
04.07.2026, Yak.
Paragvay
0
Fransiya
1

Fransiya milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/8 final bosqichida Paragvayni 1:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.

AQSHning Pensilvaniya shtati, Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. O‘yindagi yagona golga 70-daqiqada Kilian Mbappe penaltidan mualliflik qildi.

Endilikda Fransiya milliy terma jamoasi chorak finalda Marokashga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs joriy yilning 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Fransiya ketma-ket to‘rtinchi bor Jahon chempionati chorak finaliga chiqdi. “Uchranglilar” so‘nggi marta 2010 yilgi mundialda guruh bosqichidan o‘ta olmagan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting