locale OZ

Fran Garsiya yozda «Real»ni tark etishi mumkin

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fran Garsiya yozda «Real»ni tark etishi mumkin
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubi qanot himoyachisi Fran Garsiya mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, yanvar oyida “Real” futbolchining “Bornmut”ga ijaraga o'tishini rad etgan edi. Biroq yozgi transfer oynasida Garsiya yana klubni tark etish variantini ko'rib chiqmoqchi.

Xabar qilinishicha, himoyachi Angliya Premer-ligasi klublaridan biriga o'tish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Shu bilan birga, Ferlan Mendining jiddiy jarohati Garsiyaning “Real”dagi kelajagiga ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Joriy mavsumda 26 yoshli ispaniyalik barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting