locale OZ

Fran Garsiya faoliyatini «Betis»da davom ettiradi

O‘tgan mavsumda Garsiya barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fran Garsiya faoliyatini «Betis»da davom ettiradi
photo: gettyimages

«Real»ning qanot himoyachisi Fran Garsiya faoliyatini «Betis»da davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klublar kelishuv shartlarini to‘liq kelishib olishgan. Sevilya klubi ispaniyalik 26 yoshli futbolchini to‘rt million yevro evaziga sotib oladi. «Real» futbolchining kelajakdagi sotuvidan 50 foiz ulush oladi. O‘yinchining tibbiy ko‘rikdan o‘tishi allaqachon rejalashtirilgan.

O‘tgan mavsumda Garsiya barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting