Florentino Peres Vinisius va Xabi Alonsoni yarashtirish uchun «Real» bazasiga tashrif buyurdi
Murabbiy va futbolchi hozirda oʻzaro gaplashmay qoʻyishgan.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres jamoa mashgʻulot bazasiga tashrif buyurib, hujumchi Vinisius Junior va bosh murabbiy Xabi Alonsoni yarashtirishga harakat qildi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, Vinisius va Alonso oʻzaro gaplashmay qoʻygan. Bunga sabab — «Barselona»ga (2:1) qarshi 10-tur oʻyinida ispaniyalik mutaxassis braziliyalik vingerni 72-daqiqada almashtirgani va bu holat Vinisiusning noroziligiga sabab boʻlgan. U oʻz hissiyotlarini ochiqchasiga namoyon qilgandi.
Eslatib oʻtamiz, voqeadan soʻng Vinisius ijtimoiy tarmoqlarda xabar joylab, klub, jamoadoshlari va prezidentdan uzr soʻragan, biroq murabbiyi Xabi Alonsoni tilga olmagan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist