locale OZ

Florentino Peres Rodri transferidan voz kechdi

Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.
Florentino Peres Rodri transferidan voz kechdi
ФОТО: Getty images

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres "Manchester City" yarim himoyachisi Rodrini transfer qilish g‘oyasidan butunlay voz kechgan. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bunday qarorning asosiy sababi — "Real" prezidentligiga sobiq nomzod Enrike Rikelme saylovoldi dasturida Rodrini jamoaga olib kelishni va’da qilgani hisoblanadi. Peres esa raqibining asosiy va’dalaridan biri bilan bog‘liq transferni amalga oshirishni istamagan.

Nashrning ta’kidlashicha, bu vaziyat 2009 yildagi Krishtianu Ronaldu transferiga o‘xshaydi. O‘shanda klubning sobiq prezidenti Ramon Kalderon portugaliyalik yulduzning "Manchester United"dan o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.

Florentino Peres saylovda g‘alaba qozongach, Ronaldu transferini bekor qilishga uringan, chunki bu kelishuv Kalderon nomi bilan bog‘liq edi. Biroq barcha hujjatlar tayyor bo‘lgani sababli u bitimni to‘xtata olmagan.

Rodri masalasida esa vaziyat boshqacha. Manbaga ko‘ra, ispaniyalik yarim himoyachining "Real"ga o‘tishi bo‘yicha hech qanday rasmiy kelishuv yoki hujjat mavjud emas. Shu bois madridliklar hozircha uni transfer qilish rejasini kun tartibidan chiqarib yuborgan.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting