locale OZ

Florentino Peres: “Modrich “Real” muxlislari qalbida abadiy qoladi”

Xorvatiyalik futbolchi mavsum oxirida jamoani tark etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Florentino Peres: “Modrich “Real” muxlislari qalbida abadiy qoladi”
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres joriy mavsum oxirida Luka Modrichning jamoani tark etishiga munosabat bildirdi.

“Luka Modrich jamoaning barcha muxlislari qalbida “Real” qadriyatlarini doimo namoyon etib kelgan noyob va namunali futbolchi sifatida abadiy qoladi.

Uning futboli butun dungo bo'ylab “Real” muxlislari va muxlisalariga quvonch bag'ishladi. Uning meros abadiy qoladi”, - deydi Peres.

Ma'lumot uchun, Modrich ispan grandi safida 13 yil davomida to'p tepib, 6 marta Chempionlar Ligasi, 4 marta Ispaniya chempionati va 2 marta Ispaniya Kubogida g'olib bo'lgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting