Florentino Peres Mbappe bilan shoshilinch uchrashuv o‘tkazadi
Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres hujumchi Kilian Mbappe bilan shoshilinch uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Mazkur suhbat fransiyalik futbolchi 11 iyun kuni start oladigan Jahon chempionatiga jo‘nab ketguniga qadar bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Qirollik klubi» rahbarini Mbappening o‘zini tutishi xavotirga solmoqda. Peresga ma’lum bo‘lishicha, forvard o‘zini jamoadoshlaridan uzoqroq tutmoqda, qolgan futbolchilar esa uning ba’zi harakatlarini tushunishmayapti.
Shunga qaramay, «Real»da Kilianni hamon asosiy tarkib o‘yinchisi deb hisoblashadi. Peresning o‘zi ham Mbappeni «qaymoqranglilar»ning eng yaxshi futbolchisi sifatida ko‘radi, biroq klubda hech kim almashtirib bo‘lmas darajada daxlsiz emasligini ham yaxshi bilishadi.