locale OZ

Florentino Peres 2026 yilda «Real» prezidentligidan isteʼfoga chiqishi mumkin

78 yoshli rahbarning vakolat muddati aslida 2028 yilga qadar amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Florentino Peres 2026 yilda «Real» prezidentligidan isteʼfoga chiqishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres kelasi yilda o‘z lavozimini tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Pepe Alvares xabar berdi.

Qayd etilishicha, 78 yoshli rahbarning vakolat muddati aslida 2028 yilgacha davom etadi.

Manbaga ko‘ra, Peres «Real» referendumni qo‘llab-quvvatlamasligidan qatʼiy nazar, klubda hokimiyatning tartibli va aniq tizim asosida topshirilishini istaydi.

Eslatib oʻtamiz, Florentino Peres «Qirollik klubi»ga ilk bor 2000 yilda prezident etib saylangan va 2006 yilgacha faoliyat yuritgan. 2009 yilda u yana klub rahbari etib qaytdi. Uning boshqaruvi davrida «Real Madrid» 37 ta sovrinni qo‘lga kiritdi, shu jumladan, yetti marta Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting