Flik: «Sakkizlikdan joy olish oson boʻlmaydi, lekin biz bor kuchimizni sarflaymiz»
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida «Chelsi»ga qarshi kechgan va yirik mag‘lubiyat (0:3) bilan yakunlangan bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Murabbiyning aytishicha, uchrashuv boshida hisobni ochish uchun juda yaxshi imkoniyat bo‘lgan, ammo uni golga aylantirishning imkoni topilmagan.
«Bizda hisobni ochish uchun yaxshi imkon bor edi, biroq uni amalga oshira olmadik. Qarshi tomonda bunday raqib bo‘lganida o‘yinchi yetishmasligi juda qiyin kechdi — biz juda uzoq vaqt o‘n kishi bo‘lib harakat qilishga majbur bo‘ldik. Ijobiy jihatlar ham bo‘ldi, ammo ko‘p emas. Biz tez-tez to‘pni boy berib qo‘ydik, uzatmalarda sodda xatolarga yo‘l qo‘ydik — bularni tahlil qilishimiz shart.
Qancha vaqt kamchilikda o‘ynaganimizni aniq ayta olmayman, ammo u juda ko‘p bo‘ldi. «Chelsi» to‘pga ishonchli egalik qiladi, bunga tayyor turish kerak, biroq biz ijobiy kayfiyatni saqlashimiz zarur. Sakkizlikka yo‘l topish oson bo‘lmaydi, ammo biz bor kuchimizni sarflaymiz», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi «Marca».
Eslatib o‘tamiz, 44-daqiqada kataloniyaliklar himoyachisi Ronald Araujo maydondan chetlatilgan edi. Ushbu natijadan so‘ng «ko‘klar» 10 ochko bilan Chempionlar ligasi umumiy jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi, «blaugrana» esa 7 ochko bilan 15-pog‘onada qayd etilgan.