Flik: «Reshford soʻnggi haftalarda jamoaga katta foyda keltirmoqda»
«Barselona» bosh murabbiyi jamoaning angliyalik hujumchisi haqida fikr bildirdi.
FOTO: Getty Images
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa hujumchisi Markus Reshford haqida fikr bildirdi.
«Reshford markaziy hujumchi sifatida ham, chap qanotda ham oʻynay oladi. Biz uni aynan shu ko'p qirraliligi uchun olib kelganmiz. Soʻnggi haftalarda u sezilarli darajada oʻsdi va jamoaga katta foyda keltirmoqda», — dedi Flik.
Maʼlumot uchun, angliyalik futbolchi joriy mavsum «Barselona» safida 11 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib oʻtamiz, kataloniyaliklar oʻzining navbatdagi oʻyinini 21 oktyabr, seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida «Olimpiakos»ga qarshi oʻtkazadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist