Flik: «Mening nazarimda, Levandovski — oxirgi o‘n yillikning eng yaxshi hujumchisi»
«Barselona» bosh murabbiyi polshalik hujumchi haqida fikr bildirdi.
FOTO: Getty Images
«Barselona» bosh murabbiyi Hans so‘nggi o‘n yillikdagi eng kuchli hujumchi haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Mening fikrimcha, Robert Levandovski — oxirgi o‘n yillikning eng yaxshi hujumchisi», — dedi Flik.
Hans-Diter Flik 2024 yil may oyining oxirida «Barselona» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Germaniyalik mutaxassis avval ham Levandovski bilan birga ishlagan — ular 2019 yil noyabrdan 2021 yil iyungacha Myunxenning «Bavariya» klubida yelkama-yelka faoliyat yuritgan.
2022 yilda «Bavariya»dan Kataloniyaga ko‘chib o‘tgan Robert Levandovski hozirgacha «Barselona» safida 136 o‘yinda maydonga tushib, 133 ta gol urdi va 26 ta golli uzatma berdi.