Flik: «Ko‘plab vaziyatlarda raqibga yutqazdik»
"Barselona" ustozi "Bryugge"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
ФОТО: Getty images
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Chempionlar Ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Bryugge"ga (3:3) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
“Qiyin o‘yin bo‘ldi. Vaziyatlar yaratdik, ammo raqib yaxshi himoyalandi va tajovuzkor harakat qildi. To‘g‘ri, biz ham pressing qildik va juda ko‘p duelda yutqazdik. Ayniqsa, yarim himoyada ko‘p marotaba raqibga tashabbusni berib qo‘ydik. To‘psiz o‘yinda shiddat bilan harakatlanish ustida ko‘proq ishlashimiz kerak. Nafaqat darvoza oldida, balki maydon markazida ham himoyalanish juda muhim”, - dedi Flik.
"Ko‘k-anorranglilar" 7 ochko bilan musobaqa jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist