Flik: «Gʻalabaga haqli edik. Yigitlarning harakatlaridan mamnunman»
"Barselona" 19 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
ФОТО: Getty images
"Barselona" bosh murabbiyi Hansi Flik "Real Sosyedad"ga qarshi (2:1) oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
"Juda qiyin oʻyin boʻldi, ammo gʻalabaga haqli edik. Jamoamning qanday oʻyin koʻrsatishi, maydonda sifatli harakat qilgani menga juda yoqdi.
Asosiy tarkibni biroz oʻzgartirsak ham, maydonda borini bermoqda. Aynan shu jihat meni quvontirmoqda. Yigitlar bilan juda faxrlanaman. Oʻylaymanki, ushbu gʻalaba bizni yanada oldinga harakat qilishimiz uchun foydali boʻladi", - dedi Flik.
Bu oʻyindan soʻng "Barselona" 19 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist