Flik: «Ferminning 1-goli bizga yordam berdi»
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoasining Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turida "Olimpiakos" ustidan qozonilgan g‘alaba (6:1) haqida fikr bildirdi.
“Olimpiakos” yuqori pressing qildi, ammo Ferminning birinchi goli bizga yordam berdi. Markus Rashford bugun yaxshi o‘ynadi. U doim maydonda va unga to‘qqizinchi raqamda o‘ynash oson emas. Yakunda u vaziyatlar yaratdi va penalti ishlab oldi. Uning gol urishi ham muhim. U menga undan kutganlarimni 100 foiz beradi.
Doim ijobiy fikrdaman. Biz hozir Madridda g‘alaba qozonishga qodirmiz. Balki hafta oxirigacha bir nechta o‘yinchi safga qaytishi mumkin. "Olimpiakos" ustidan qozonilgan bu yirik g‘alaba bizga ishonch bag‘ishlaydi", - deya Flik so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.