Flik «Barselona»ning 2025 yilgi rejalarini sarhisob qildi
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa uchun 2025 yil qanday o‘tgani haqida fikr bildirdi.
«Biz ko‘p narsalarni yengib o‘tishga majbur bo‘ldik. Jamoada kuchli mentalitet va yuqori sifat bor. Futbolchilar juda intensiv mashg‘ulot o‘tkazishmoqda va to‘liq fidoyilik bilan ishlashmoqda — hamma yuz foizini bermoqda. Men buni ko‘ryapman.
Hatto o‘yinimiz unchalik chiqmagan haftalarda ham, mashg‘ulotlarni ko‘rib, oldinga qadam tashlashimizni bilardim. Hozir futbolchilar dam olishi, Rojdestvoni oilasi bilan o‘tkazishi kerak… 2026 yilda esa safga Gavi, Olmo va Ronald qaytadi», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi Marca.
Ayni vaqtda «Barselona» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 46 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.