locale OZ

Finalda «Paxtakor» ko‘k, «Buxoro» oq libosida harakat qiladi

Final bahsi Andijonda o‘tkaziladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Finalda «Paxtakor» ko‘k, «Buxoro» oq libosida harakat qiladi
Фото: UzPFL

O‘zbekiston kubogi va Superkubogi reglamentining 5.1-bandida kubok musobaqasining 1/2 finalida g‘olib chiqqan ikki jamoa orasidan o‘tgan mavsum Superliga yoki Proligadagi ishtiroki nisbatan yaxshiroq bo‘lgani avtomatik ravishda final uchrashuvining nominal mezboniga aylanishi qayd etilgan.

Shundan kelib chiqqan holda Liga final o‘yini uchun chiptalar, afishalar, anons va posterlarda “Paxtakor” klubini mezbon sifatida aks ettiradi.

Final neytral maydonda tashkil etilayotganini inobatga olgan holda, unda jamoalar harakat qiladigan liboslar rangi Liga tomonidan belgilab olindi.

29 oktabr kuni Paxtakor klubi o‘zining to‘q ko‘k rangdagi, “Buxoro” esa to‘liq oq rangdagi liboslarida maydonga tushadi. “Paxtakor” darvozaboni qizil, “Buxoro” posboni esa yashil rangli libosda harakat qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting