FIFA Vinisius Juniorni manfaatlar to'qnashuvi uchun ikki yilgacha diskvalifikatsiya qilishi mumkin
FIFA Vinisius Juniorni manfaatlar to'qnashuvi uchun ikki yilgacha diskvalifikatsiya qilishi mumkin
Marca nashrining ma'lumotiga ko'ra, Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan tekshiruv ostiga olingan. Braziliyalik futbolchi manfaatlar to'qnashuvi qoidalarini buzganlikda gumon qilinmoqda — manbaga ko'ra, u bir nechta futbol klubiga egalik qilishi mumkin. Agar bu holat tasdiqlansa, Vinisius futbol faoliyatidan ikki yilgacha chetlatilishi mumkin.
Joriy mavsumda 24 yoshli hujumchi "Real" safida barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda ishtirok etdi, 21 ta gol urdi va 15 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha davom etadi. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 200 million yevroga teng.
Bakradze Iman
Redaktor