locale OZ

FIFA Ryudigerni haqorat qilgan futbolchiga nisbatan ish ochdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA Ryudigerni haqorat qilgan futbolchiga nisbatan ish ochdi
FOTO: Getty Images
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati
26.06.2025, Yak.
Al-Hilal
2
Pachuca
0

FIFA Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichi vaqtida “Real” himoyachisi Antonio Ryudiger bilan bog'liq hodisa tufayli “Pachuka” futbolchisi Gustavo Kabralga nisbatan intizomiy ish qo'zg'atdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

“O'yin hisobotlarini baholab bo'lgach, FIFA tartib-intizom qo'mitasi “Pachuka” futbolchisi Gustavo Kabralga nisbatan u bilan Antonio Ryudiger o'rtasidagi mojaro yuzasidan ish ochdi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, final hushtagi yangrashiga bir necha daqiqa qolganida argentinalik futbolchi Ryudigerga nisbatan haqoratomuz so'zlar ishlatgan. Natijada hakam uchrashuvni biroz muddatga to'xtatishga majbur bo'lgan. Yakunda esa “Real” 3:1 hisobida g'alaba qozongan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting