locale OZ

FIFA «Barselona»ga JCH–2026 uchun 2,8 million yevro toʻlab beradi

Jahon chempionati final bosqichida esa toʻlovlar yanada yuqori boʻladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA «Barselona»ga JCH–2026 uchun 2,8 million yevro toʻlab beradi
ФОТО: Getty images

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Jahon chempionati–2026da ishtirok etgan futbolchilari uchun «Barselona»ga 2,8 million yevro toʻlab beradi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.

Manbaga koʻra, Kataloniya klubi bu safar 2022 yilgi Jahon chempionatiga nisbatan kamroq mablagʻ oladi. Oʻshanda FIFA «Barselona»ga futbolchilarining mundialdagi ishtiroki uchun 4,4 million yevro toʻlagan edi.

Xabar qilinishicha, barcha klublar saralash bosqichida ishtirok etgan har bir futbolchi uchun har bir oʻyin hisobidan 2362 AQSh dollari (taxminan 2063 yevro)dan oladi. Bunda futbolchi maydonga tushgan yoki tushmaganining ahamiyati yoʻq.

Jahon chempionati final bosqichida esa toʻlovlar yanada yuqori boʻladi. FIFA milliy jamoalar yigʻinining birinchi kunidan boshlab, terma jamoaning turnirdagi soʻnggi oʻyinidan keyingi kungacha har bir futbolchi uchun kuniga 4330 yevro miqdorida mablagʻ ajratadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting