Fernandesh APLda assistlar bo‘yicha avvalgi rekordni yangiladi
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Bruno Fernandesh Angliya Premer-ligasida bir mavsumda eng ko‘p golli uzatmalar amalga oshirish bo‘yicha rekordni takrorladi. 37-tur doirasida «Nottingem Forest»ga qarshi bahsda portugaliyalik futbolchi joriy mavsumdagi 20-assistini qayd etdi.
Unga qadar ushbu natijaga «Arsenal»ning sobiq hujumchisi Tyerriy Anri (2002/2003 mavsumi) va «Manchester Siti»ning sobiq yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne (2019/2020 mavsumi) tomonidan erishilgan edi.
APLning 38-turida «Manchester Yunayted» «Brayton»ga qarshi maydonga tushadi.
Bruno Fernandesh 2020 yil yanvaridan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.